
Imzo Hebe-schiebe
Yorugʻ va keng xonalar, butun devorni olgan ulkan panoramali derazalar, ochiq havoga olib chiqadigan yengil suriluvchi eshiklar. Uyingiz IMZO Hebe Schiebe sharofati bilan aynan shunday koʻrinish olishi mumkin! Alyumindan yasalgan surilma termotizimlar zamonaviy texnologiya va dizaynning eng yaxshi yutuqlarini mujassamlagan. IMZO Hebe Schiebe – funksional ishchanlik, ishonchlilik va innovatsion surilma tizimlarning goʻzalligi.

Derazami yoki devormi? IMZO Hebe Schiebe bilan xonaning yorugʻligi va himoyalanganligi oʻrtasida tanlashga hojat qolmaydi. Butun devorni oladigan deraza yasating, boʻyi shipgacha shaffof eshikni oʻrnattirib, goʻzal manzara va yengillik muhitidan bahra oling.
Issiqlik izolyatsiyasi
Shovqin izolyatsiyasi
Yorug'lik o'tkazuvchanligi
*2018 yilgi Imzo rom tizimlarining boshqa modellari bilan taqqoslaganda

Qoʻshimcha pishiqlik uchun IMZO Hebe Schiebe da yuqori sifatli poʻlatdan yasalgan butlovchi qismlar: furnitura, roliklar, tanbalar va loʻkidonlar oʻrnatiladi. Qoʻshimcha zichlantirish bilan profillarning tuzilishi xonani issiqlik va shovqindan himoyasini toʻliq taʼminlab beradi.

- Profil turiAlyumin
- Profil seryasiIssiq
- Profil devori qalinligi 1-1,5-1,8 мм
- Profil montaj kengligi 145 мм
- Konstruktsiyaning maksimal balandligi 3000 мм
- Konstruktsiyaning maksimal kengligi 6000 мм
- Qo'shoyna qalinligi 20-32 мм
- Qoplama Anodlash, RAL ranglari,Laminatsiya, Vakuum, 3D